» » Afina yaqinidagi o‘rmon yong‘inlari qurbonlari soni 20 nafarga yetdi

Afina yaqinidagi o‘rmon yong‘inlari qurbonlari soni 20 nafarga yetdi


Afina yaqinidagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Yong‘inlar oqibatida yuzdan ortiq kishi jarohatlangan, 69 kishi shifoxonaga joylashtirilgan. Ulardan aksariyati og‘ir ahvolda ekanligi aytilmoqda.

Yong‘indan qochib qayiqda daryoga suzib ketgan sayyohlarning taqdiri ham noma’lumligicha qolmoqda.

Ularni sohil qo‘riqlash xizmati izlamoqda. Viloyat osmonida quyuq tutun tarqalgani uchun qidiruv-qutqaruv ishlari qiyinlashgan.

Yong‘in o‘chog‘i Gretsiya poytaxtining ikki tomonida ya’ni sharqi va g‘arbida joylashgan. Unga yaqin tumanlarda favqulodda holat e’lon qilingan. Kuchli shamol tufayli yong‘in tez tarqalmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2018, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 1) ( 65) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...