» » MAK Toshkent—Urganch—Toshkent qatnovlariga o‘zgartishlar kiritdi

MAK Toshkent—Urganch—Toshkent qatnovlariga o‘zgartishlar kiritdi


“Urganch” aeroportining yopilishi munosabati bilan “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Toshkent—Urganch—Toshkent yo‘nalishida rejalashtirilgan qatnovlariga o‘zgartishlar kiritdi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar bermoqda.

Faqat 2018-yil 25-iyul kuni qatnovlar Nukus aeroportiga quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

Urganchga/dan bajariladigan HY051/ 052 qatnovlar bekor qilindi.

Urganchga/dan HY051/052 qatnovlariga aviabilet olgan yo‘lovchilar Nukusga/dan HY011 / 012 qatnovlarida jo‘natiladi.

HY011 — Toshkentdan uchish 07:00 da. Nukusga qo‘nish vaqti — 08:45

HY012 — Nukusdan uchish 09: 25 da. Toshkentga qo‘nish vaqti — 11:00

Urganchga/dan bajariladigan HY053/ 054 qatnovlar bekor qilindi.

Urganchga/dan HY053/054 qatnovlariga aviabilet olgan yo‘lovchilar Nukusga, Toshkent—Navoiy—Nukus—Toshkent yo‘nalishidagi HY047/048 qatnovlarida jo‘natiladi.

HY047 — Nukusga uchish 13:20 da. Nukusga qo‘nish vaqti — 16:05.

Qatnov Navoiy shahar aeroportida to‘xtab o‘tadi.

HY048 — Nukusdan uchish 16:45da. Toshkentga qo‘nish vaqti — 18:20.

Urganchga/dan bajariladigan HY057/ 058 qatnovlar bekor qilindi.

Urganchga/dan HY057/058 qatnovlariga aviabilet olgan yo‘lovchilar Nukusga/dan HY017 / 018 qatnovlarida jo‘natiladi.

HY017 — Nukusga uchish 19:30 da. Nukusga qo‘nish vaqti — 21:15.

HY018 — Nukusdan uchish 21:55 da. Toshkentga qo‘nish vaqti — 00:55.

Toshkent—Urganch—Toshkent yo‘nalishidagi yuqorida ko‘rsatilgan aviaqatnovlarga aviabilet rasmiylashtirilgan yo‘lovchilar qo‘shimcha to‘lovlarsiz parvozga xarid qilingan aviabiletlari bo‘yicha qabul qilinadi.

Urganchgacha aviabileti bo‘lgan yo‘lovchilar Nukus aeroportiga yetib kelgach, Urganch aeroportiga avtobusda olib boriladi.

Urganch—Toshkent qatnoviga aviabiletlarni rasmiylashtirgan yo‘lovchilarni Nukus aeroportiga avtobusda o‘z vaqtida olib borishni ta’minlash maqsadida Urganch aeroportiga yuqorida ko‘rsatilgan jadval bo‘yicha kamida 4 soat oldin kelishi so‘raladi.

2018-yil 26-iyul va undan keyingi kunlar uchun rejalashtirilgan qatnovlar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

MAK rahbariyati Urganch aeroportining tez orada ishga tushirilishi uchun barcha choralarni ko‘rmoqda.

Axborot-ma’lumot xizmati: + 99871-140-02-00.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2018, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют