» » Farg‘onada singlisini kaltaklab, uning o‘limiga sabab bo‘lgan akaga sud hukmi o‘qildi

Farg‘onada singlisini kaltaklab, uning o‘limiga sabab bo‘lgan akaga sud hukmi o‘qildi


Farg‘onada singlisini kaltaklab, uning o‘limiga sabab bo‘lgan akaga sud hukmi bilan jazo tayinlandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Furqat tuman sudining xabar berishicha, sudlanuvchi I.M. ikki yil avval turmush o‘rtog‘idan ajrashib, ota uyiga qaytib kelgan 24 yashar singlisini tartibga chaqirib qo‘yish niyatida bo‘lgan. Akaning nazdida yashash xonadonidan ruxsatsiz chiqib ketib, 10 kun bedarak ketgan singil o‘z xatti-harakatlari bilan oila sha’nini yerga urgan.

Dastlab singlisining yuziga bir-ikki shapaloq urgan aka o‘zini tutib tura olmasdan belidagi charm tasma bilan kaltaklagan. Qorin sohasiga qasddan bir necha marotaba tepib, jabrlanuvchiga hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgan. Natijada sog‘ligi yomonlashib, hushini yo‘qotgan singil bir necha soatdan so‘ng yashash xonadonida vafot etgan.

Sud sudlanuvchiga jazo tayinlashda jinoiy qilmishidan pushaymonligi, muqaddam sudlanmagani, yashash joyidan ijobiy tavsiflangani, oilaviy sharoiti, qaramog‘ida 2 nafar farzandi borligi, jabrlanuvchi qonuniy vakilining da’vosi yo‘qligi, jazoni og‘irlashtiruvchi holat aniqlanmagani, oilasining va voyaga yetmagan farzandlarining boshqa boquvchisi yo‘qligi kabi omillarni inobatga oldi. I.M. Jinoyat Kodeksining 104-moddasi (“Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish”) 3-qismi “d” bandi bilan aybli deb topildi. Unga Jinoyat Kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash)ga asosan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Taraflarga apellyatsiya va kassatsiya tartibida shikoyat berish huquqi tushuntirildi.

Avvalroq Farg‘ona viloyati Furqat tumanida 1986-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zining 24 yoshli singlisini urib, o‘ldirib qo‘ygani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2018, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 120) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют