» » Indoneziyada ikki yuzli chaqaloq tug‘ildi (video)

Indoneziyada ikki yuzli chaqaloq tug‘ildi (video)


Indoneziyada bir boshli, ammo ikki yuzli va ikki miyali chaqaloq tug‘ildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Giman Endika ismli o‘g‘il bola Batam shahrida ikki oy avval dunyoga kelgan. Uning bitta tanasi, ikki qo‘li va ikki oyog‘i bor, ammo uning egizak ukasi onasining qornida rivojlana olmagani tufayli, boshining shakli o‘zgarib ketgan.

Shifokorlar qayd etishicha, bunday patologiya har 250 mingta holatdan bittasida uchraydi. Bosh shaklining o‘zgarishi hamda egizak ukasining miyasi va yuzining borligi bolaning hayotini xavf ostiga qo‘yadi — boshda ortiqcha suyuqlik to‘planadi. Davolash miya va yuzlarning bittasini, shuningdek, bosh suyagining bir qismini olib tashlash bo‘yicha operatsiyani talab qiladi.

Gilanning onasi tug‘uruqqa qadar uning patologiyasi haqida bilmaganini aytdi — homiladorlik chog‘ida uch marta UTTga tushgan, biroq uskuna hech qanday kamchilikni aniqlamagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2018, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют