» » Osiyo o‘yinlari—2018. Futbol bo‘yicha qur’a natijalari o‘zgardi

Osiyo o‘yinlari—2018. Futbol bo‘yicha qur’a natijalari o‘zgardi


Avval xabar berilganidek, joriy yilning 18-avgustidan 2-sentabriga qadar Indoneziyada yozgi Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Osiyo o‘yinlarining futbol bo‘yicha musobaqalarida Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi ham qatnashadi.

Shu yilning 5-iyul kuni Osiyo o‘yinlarining futbol musobaqasiga qur’a tashlangandi. Unga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi Tailand, Bangladesh va Qatar terma jamoalari bilan birgalikda “B” guruhidan o‘rin olgandi.

Musobaqaga BAA va Falastin terma jamoalari qo‘shilishi munosabati bilan qur’a natijalari o‘zgardi. Ammo bu o‘zgarish O‘zbekiston terma jamoasi o‘rin olgan “B” guruhiga ta’sir qilmadi.

BAA terma jamoasi Janubiy Koreya, Qirg‘iziston, Malayziya va Bahrayn terma jamoalari joylashgan “E” guruhidar o‘rin oldi.

Falastin esa Indoneziya, Gonkong, Laos va Xitoy Taypeyi bilan birgalikda “A” guruhiga joylashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2018, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют