» » Farg‘ona IIB boshlig‘i tumanlarda sayyor qabul o‘tkazdi

Farg‘ona IIB boshlig‘i tumanlarda sayyor qabul o‘tkazdi


Farg‘ona IIB boshlig‘i Rahmatjon Mamatov tumanlarda sayyor qabul o‘tkazib, aholi bi­lan mu­loqot olib bo­rmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Xususan, Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan sayyor qabulda fuqarolardan kelib tushgan 22 ta murojaat ko‘rib chiqildi.

Murojaatlar asosan ishga joylashish, sog‘liqni saqlash, moddiy yordam ajratish, uy-joy, kredit olish, ichimlik suvi bilan ta’minlash, yo‘llarni qayta ta’mirlash kabi masalalarda bo‘ldi. Murojaatlarning 7 tasi shu zahoti hal qilindi. 15 ta murojaat alohida nazoratga olinib, mutasaddi tashkilotlarga ijro uchun yuborildi.

“Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini 12/5-uyda istiqomat qiluvchi Marg‘uba Razzoqova ishga joylashish masalasida yordam so‘rab murojaat qilgan. Natijada sektor rahbarining ko‘magida Marg‘uba Razzoqova ish joyiga ega bo‘ldi.

Mahallaning Navro‘z ko‘chasida yashovchi Sayyora Azizova hamda Sayyora Xojiyevalarning xuddi shu mazmundagi murojaati ham hal qilinib, ular maktabgacha ta’lim muassasalariga ishga joylashtirildi.

“Sektor rahbari sayyor qabul o‘tkazayotganidan xabar topib, mahallamiz ko‘chalarini asfalt qilishni so‘rab aholi nomidan murojaat qildim. Murojaatim e’tiborsiz qolmadi. Mahallamiz ko‘chasini asfalt qilish kelgusi yilgi davlat dasturiga kiritiladigan bo‘ldi”, – deydi Navro‘z ko‘chasi 37-uyda yashovchi Rahimaxon Cho‘lponova.

Sayyor qabul boshqa tumanlarda ham o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2018, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют