» » Farangiz Rejametovani urib yuborgan haydovchi uy qamog‘iga olindi

Farangiz Rejametovani urib yuborgan haydovchi uy qamog‘iga olindi


Aktrisa Farangiz Rejametovani urib yuborgan haydovchiga nisbatan uy qamog‘i shaklidagi cheklov chorasi qo‘llanildi. Bu haqda, Oliy sud matbuot xizmatiga asoslanib, Repost xabar bermoqda.

Bundan tashqari, uning ma’lum shaxslar bilan aloqa qilishi, xat-xabar olishi, aloqa vositalari yordamida muzokaralar olib borishi cheklandi.

Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi tuman prokuraturasining iltimosini qondirib, JKning 266-moddasi 2-bandi bo‘yicha cheklov chorasi qo‘lladi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Zulfiqor Musoqovning “Oyijon” filmidagi bosh rol ijrochisi, aktrisa Fotima Rejametovaning qizi Farangiz Rejametova (Jamolxonova) 20-iyul kuni yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2018, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют