» » O‘zbek klublari yozgi transfer vaqtida 97 futbolchi bilan xayrlashdi, 4 nafar o‘yinchi bilan esa hisob-kitob qilinmagan

O‘zbek klublari yozgi transfer vaqtida 97 futbolchi bilan xayrlashdi, 4 nafar o‘yinchi bilan esa hisob-kitob qilinmagan


O‘zbekiston Professional futbol ligasi 15-iyulga qadar davom etgan yozgi transfer oynasida 97 futbolchini yangi jamoalar uchun ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, endilikda o‘z klubi bilan xayrlashayotgan har bir futbolchi yoki murabbiy bilan PFL alohida bog‘lanmoqda, ya’ni jamoadan ketayotganlar bilan avval to‘liq hisob-kitob qilinishi, shundan keyingina ularning o‘rni yangilar bilan to‘ldirilishi tashkilot tomonidan klublarga talab sifatida qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, PFLning “Sport bo‘limi” mutaxassislari yozgi transferlar paytida klubini o‘zgartirgan futbolchilarning sobiq jamoasi bilan hisob-kitobi to‘liq yakunlangan yoki yo‘qligi borasida surishtiruv o‘tkazgan. Klublar va futbolchilar bilan birma-bir aloqaga chiqib, ular tomonidan PFLga taqdim etilgan hujjatlar “elakdan” o‘tkazilganida ma’lum bo‘lishicha, jamoasini almashtirgan 97 futbolchidan 4 nafari bilan hozircha to‘liq hisob-kitob qilinmagan.

Yozgi tanaffus paytida rossiyalik Igor Golban va tojikistonlik Jahongir Aliyev “Nasaf” bilan xayrlashgan. Biroq futbolchilarning klubda pullari qolib ketgan. “Nasaf” va futbolchilar imzo chekkan kelishuv bitimida mavjud qazdorlik 31-iyulga qadar to‘liq bartaraf etilishi borasida kelishuvga erishilgan. PFL vaziyatni nazorat qilib borishini qayd etgan.

Shuningdek, “Qo‘qon-1912” jamoasini tark etgan Bahodir Pardayev va Igor Taran kabi futbolchilar bilan ham to‘liq hisob-kitob qilinmagan. Lekin “Qo‘qon-1912” klubi Pardayev va Taran bilan ham kelishib, 1-oktabr kunigacha qarzlarni yopishga kafolat bergan.

Bungacha qarzdorliklari bartaraf etilmagan klublarga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ruxsat berilavergan. Yakunda esa ba’zi jamoalar inqiroz yoqasigacha kelib qolgan. Ishlar PFLdan tashqari sud va boshqa organlarga, hatto, OFK va FIFA darajasigacha yetib borgan. Endi bunday muammolar o‘z vaqtida hal qilinishi shart. 2019-yilgi mavsumga hech bir klub qarzdorlik bilan o‘tmasligini ham PFL o‘z nazoratiga olishi ta’kidlanadi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2018, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют