» » Yangi Zelandiya Avstraliyadan bayrog‘ini o‘zgartirishni talab qildi

Yangi Zelandiya Avstraliyadan bayrog‘ini o‘zgartirishni talab qildi


Yangi Zelandiya davlat rahbari vazifasini bajaruvchi Uinston Peters Avstraliya hukumatidan davlat bayrog‘ini o‘zgartirishni talab qildi. Bu haqda The Sydney Morning Herald’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

“Uzoq yillar davomida mamlakatimiz ramzi bo‘lib kelgan bayroq Avstraliya tomonidan ko‘chirilgan. Ular o‘z bayroqlarini o‘zgartirishi va bu dizayn birinchi bo‘lib biz tomonimizdan qabul qilinganini tan olishi kerak”, — deydi Uinston Peters.

Siyosatchining fikricha, Avstraliya bayrog‘ini o‘zgartirsa, Yangi Zelandiya bayrog‘ining o‘ziga xosligi tiklanadi.

Yangi Zelandiya bayrog‘i 1902-yili, Avstraliyaniki esa 1954-yili tasdiqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2018, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют