» » Shahrisabz Xalqaro maqom san’ati anjumaniga mezbonlik qiladi

Shahrisabz Xalqaro maqom san’ati anjumaniga mezbonlik qiladi


6–10-sentabr kunlari Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta o‘tkazilishi belgilangan Xalqaro maqom san’ati anjumani birinchi marta o‘tkaziladi. Ayni vaqtda tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Anjumanda taniqli xorijiy olimlar, musiqachilar, mashhur san’atkorlar va O‘zbekiston hududida yetakchi mutaxassislar jalb etiladi. Taxminlarga ko‘ra, unda dunyoning 70 mamlakatidan 500 nafarga yaqin mehmonlar ishtirok etish kutilmoqda.

Xorijlik ishtirokchilar va mehmonlarga xalqaro standartlar darajasida sifatli xizmat ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda. Shu bois Shahrisabz shahrida ta’lim va turizm konsalting markazi tashkil etildi. Unda mehmonxonalar, restoranlarning malakali mutaxassislari ko‘ngillilarga bepul seminar-treninglar o‘tkazmoqda. Bunda xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasini ta’minlash uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlar sanitariya-gigiyena qoidalari, xulq-atvor madaniyatiga e’tibor qaratilmoqda.

Tadbir doirasida O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi milliy taomlar tayyorlash mahorat darslari, “Chorsu” galereyasi milliy liboslar ko‘rgazmasini ishtirokchilar uchun taqdim etadi. Shuningdek, mehmonlar tarixiy obidalar, xushmanzara tog‘li hududlar bo‘ylab sayohat qilishi rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2018, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют