» » Zafar Hoshimov Gollandiyada otilgan 101 o‘zbekka bag‘ishlangan filmga qo‘shgan hissasidan mamnunligini bildirdi

Zafar Hoshimov Gollandiyada otilgan 101 o‘zbekka bag‘ishlangan filmga qo‘shgan hissasidan mamnunligini bildirdi


“Korzinka.uz” supermarketlar tarmog‘i rahbari Zafar Hoshimov Facebook’dagi sahifasida Ikkinchi jahon urushi chog‘ida Gollandiyada otilgan 101 o‘zbekka bag‘ishlab film tasvirga olish g‘oyasiga uning ham hissasi qo‘shilganidan mamnun ekanligini bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, tadbirkor avvalroq sahifasida urush yillari Gollandiya o‘rmonlarida joylashgan Amersfort konslagerida 101 o‘zbekistonlikning jasoratlari va qayg‘uli taqdirlari haqida yozgan. Uni o‘qigan yozuvchi va kinossenarist Anvar Ergashev biznesmen bilan uchrashib, bu hodisa haqida unga ma’lum axborotlar va materiallar bilan ulashishini so‘ragan.

“O‘sha uchrashuvimizdan so‘ng Anvar aka turmush o‘rtoqlari Yuliya bilan juda katta izlanishlar olib borib, Gollandiyaga borib, o‘sha hodisalar guvohlari bilan suhbatlashib, yuzlab, minglab hujjatlarni ko‘tarib, natijada "101" nomli tarixiy roman bitibdilar. O‘tgan shanba kuni bizning ofisga kelib, ushbu romanning signal nusxasini menga hadya etdilar, — deb yozdi Zafar Hoshimov. — Bugun esa yana bir xushxabar keldi… muhtaram Prezidentimiz ushbu roman asosida badiiy film olinishi haqidagi qarorga imzo chekibdilar. Qahramon vatandoshlarimiz jasorati bu tariqa abadiylashtirishida kamtarin hissamdan juda mamnun va mag‘rurman”.

Prezidentning 24-iyuldagi milliy kinosanoatni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaroriga ilova qilingan “Yo‘l xaritasi”da 2020-yil fevraliga qadar “101” nomli badiiy film suratga olish haqida ko‘rsatma berilgan. Ikkinchi Jahon urushida fashizmga qarshi kurashda qatnashgan o‘zbekistonliklar nomini abadiylashtirishga bag‘ishlangan film “101” nomli roman asosida suratga olinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2018, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют