» » Zafar Hoshimov: Bundan-da insoniyroq qiyofali devalvatsiyani hech qayerda ko‘rmaganman

Zafar Hoshimov: Bundan-da insoniyroq qiyofali devalvatsiyani hech qayerda ko‘rmaganman


O‘zbekistonlik taniqli tadbirkor Zafar Hoshimov e’lon qilingan konvertatsiya mexanizmi yuzasidan ilk xulosalari va kuzatishlari bilan bo‘lishdi.

U kursning valyuta birjasida banklar ishtirokidagi kundalik savdolar asosida belgilanishi, Markaziy bank haftada bir marta soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hiob-kitobi uchun rasmiy kurs belgilashi, jismoniy shaxslar naqd dollarlarni ayirboshlash punktlarida naqd so‘mga almashtirib olishi mumkinligi, shuningdek, dollarni konversion kartalarga ham sotib olish mumkinligi va ular yordamida internetda onlayn tarzda to‘lash mumkin bo‘lishini alohida qayd etib o‘tdi.

Bundan tashqari, Zafar Hoshimov uyali aloqa operatorlari, provayderlar to‘lovlari so‘mga o‘tkazilib, 4-sentabrdagi kurs bo‘yicha belgilab qo‘yilganini ta’kidladi. Shu bilan birga, mamlakat hududidagi xalqaro OTMlarda shartnoma to‘lovlari borasida hozircha noaniqlik borligini aytib o‘tdi.

Import mahsulotlar narxlari oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bojxona bojlari va to‘lovlari hafta ichida qaytadan ko‘rib chiqiladi, deyiladi postda. Tadbirkor yuridik shaxslar o‘z banklaridan joriy narxlarda valyuta sotib olayotganini ham qayd etdi.

“Ko‘plar sotib olinayotgan valyutaning kartalarga o‘tkazilishi qora bozor biznesini saqlab qoladi, deb ayta boshladi. Men bunga qo‘shilmayman. Agar banklar naqd valyutani bozor narxiga yaqin kursda sotib olsa, kim naqd dollarni bankka emas, qora bozorga topshirish riskiga boradi?” — deb yozdi u.

“Tan oling, davlat aholini devalvatsiyaning salbiy oqibatlaridan himoya qilish uchun imkoni boricha harakat qildi. Men bundan-da insoniyroq qiyofali devalvatsiyani hech qayerda ko‘rmaganman”, — deya xulosa qildi “Korzinka.uz” tarmog‘i rahbari.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-09-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 137) ( 0) ( 135) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют