» » Mehmonxonalardagi valyuta to‘lovlari muammolari yuzasidan yechimlar taklif etildi

Mehmonxonalardagi valyuta to‘lovlari muammolari yuzasidan yechimlar taklif etildi


Qonunchilikka yaqinda kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha chet elliklarni mehmonxonalarga joylashtirish uchun to‘lovlarni valyutada amalga oshirish lozim. Valyuta hisob-kitoblari uchun yuqori tariflar turlar daromadliligi va ularning raqobatbardoshligini kamaytiradi, deb yozadi Norma.

2017-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston hududida chet ellik fuqarolar va respublikada doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan fuqarolarni mehmonxonalar va boshqa joylarga joylashtirish xizmati faqat erkin konvertatsiya qilinuvchi valyutada amalga oshiriladi. Bunda to‘lov taklif etilayotgan davlat va budjet tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan holatlar istisno etiladi.

Bundan tashqari, ularda o‘tkazilgan har bir kun uchun 2 AQSh dollariga teng turistik yig‘im undiriladi.

Joylashtirish xizmati uchun to‘lanadigan chet el valyutasi va turistik yig‘im turli hisoblarga o‘tkaziladi. Turoperator mehmonxonaga chet el valyutasini ikki to‘lov topshiriqnomasi bilan yuborishi lozim.

Bunda aksariyat tijorat banklarida respublikadagi hisob-kitoblar uchun o‘tkazilayotgan summaning 0,05—1 foizi, biroq 20 AQSh dollaridan kam bo‘lmagan miqdorda foiz undiriladi. Bundan tashqari, har bir to‘lov topshiriqnomasi uchun bank 40 dollardan kam bo‘lmagan komission to‘lovlar oladi. Oqibatda faqat bitta mehmonxonaga joylashtirish xizmati uchun bank xarajatlari 80 dollarni tashkil qiladi. Tur esa 4 ta mehmonxonada to‘xtashni ko‘zda tutadi. Bunda banklarga ular ko‘rsatayotgan xizmat uchun 320 dollar to‘lash kerak bo‘ladi. Bu olingan daromadning 32 foizini tashkil etadi!

Vaziyatni quyidagi takliflar o‘zgartirishi mumkin:

– chet elliklarning yashashi uchun mehmonxonalar bilan chet el valyutasida hisob-kitob qilish talabini bekor qilish;

– turistik yig‘imni milliy valyutada undirish.

Bu takliflar qabul qilinmasa O‘zbekiston hududida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda SWIFT xalqaro tizimidan foydalanmasdan, Markaziy bankning banklararo to‘lovlar tizimi orqali amalga oshirish tizimini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-05-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют