» » Markaziy bank dollarning so‘mga nisbatan kursi tez sur’atlarda o‘sayotganligi sabablariga izoh berdi

Markaziy bank dollarning so‘mga nisbatan kursi tez sur’atlarda o‘sayotganligi sabablariga izoh berdi


“Darakchi plyus” tahririyati Markaziy bankka rasmiy murojaat qilib, AQSh dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan kursi sezilarli darajada oshib borayotganligi sabablari bilan qiziqdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.

Markaziy bank matbuot xizmatining javobida keltirilishicha, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunning 15-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha operatsiyalar milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan chet el valyutasiga bo‘lgan talab hamda taklifning joriy nisbati asosida shakllanadigan almashuv kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.

So‘mning xorijiy valyutalarga nisbatan ayirboshlash kursining kelgusidagi dinamikasi talab va taklif, to‘lov, xususan tashqi savdo balansi, inflyatsiyaning maqsadli parametrlari, mamlakatlardagi iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib, asosiy savdo hamkorlar, jumladan ularning valyuta kurslariga qarab belgilanadi.

“Ayni damda valyuta siyosatini liberalizatsiya qilish hamda bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari asosida takomillashtirishni tartibga solish bo‘yicha normativ hujjatlar loyihasi ishlab chiqilmoqda”, — deya ta’kidlanadi Markaziy bank matbuot xizmati javobida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Markaziy banki 2017-yil 28-martdan boshlab xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi. Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 3595 so‘m 2 tiyin etib belgilandi. Bu 23-martdagi kursga nisbatan 46 so‘m 91 tiyinga ko‘pdir.

Опубликовано: admin (28-03-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют