» » AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo: O‘zbekiston erkin jamiyatga aylanish sari qadam tashlamoqda (video)

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo: O‘zbekiston erkin jamiyatga aylanish sari qadam tashlamoqda (video)


AQShda dunyodagi diniy erkinlikning ahvoli, e’tiqod darajasi, davlat tuzilmalarining bunga munosabati yuzasidan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Vashingtondagi Davlat departamentida mazkur mavzuga bag‘ishlangan 3 kunlik xalqaro anjumanda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi, deya ma’lum qildi  O‘zA.

“Amernika ovozi” teleradiosi muxbiri Navbahor Imomovaning ma’lum qilishicha, jahon hamjamiyatining rasmiy doiralari ishtirok etgan yig‘inda nutq so‘zlagan AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo O‘zbekistondagi diniy erkinlik haqida ham fikr bildirib, mamlakatning erkin jamiyatga aylanish sari qadam tashlayotganiga alohida urg‘u bergan.

“E’tiqod erkinligi oldingiga qaraganda kengaygani bu mamlakat va jamiyat, shuningdek, butun mintaqaga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga ishonchimiz komil”, dedi Pompeo Vashingtonda o‘tgan xalqaro anjumanda.

Oq uy rasmiysi Jastin Kolbert esa Vashingtondagi Milliy axborot markazida o‘tgan tadbir boshida so‘zlar ekan, O‘zbekiston hukumati bugungi kunda diniy erkinlik singari nozik masalalarni ochiq muhokama qilayotgani tahsinga sazovor, deya fikr bildirdi.

Ma’lumki, AQSh o‘zini global maydonda e’tiqod erkinligi targ‘ibotchisi, deb biladi va xususan Tramp ma’muriyatining tashqi siyosatida bu mavzuga urg‘u katta. May oyida O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Prezident Donald Tramp bilan muzokara olib borganida, Amerika yetakchisining yonida diniy erkinlik bo‘yicha maxsus elchi Sem Braunbek ham o‘tirgan. Braunbekning yaqin kunlarda O‘zbekistonga safar qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur nufuzli anjumanda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov, Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining raisi Akmal Saidov ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2018, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют