» » Shota Arveladze “Paxtakor” o‘yinlariga chet ellik hakamlar tayinlanishi haqida: Angliya yoki Belgiyada xorijdan hakam taklif etishganini ko‘rmaganman?

Shota Arveladze “Paxtakor” o‘yinlariga chet ellik hakamlar tayinlanishi haqida: Angliya yoki Belgiyada xorijdan hakam taklif etishganini ko‘rmaganman?


Pepsi Superliganing 19-turidan o‘rin olgan “Navbahor”—“Paxtakor” uchrashuvida mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Sherlar” ustozi Shota Arveladze uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan bo‘lishdi.?

Muxlislar bilan to‘lgan stadionda o‘ynash hamisha maroqli. Yanada ajoyib futbol muhitiga o‘ta yomon maydon halal bermoqda. Biz o‘yinda yaxshiroq ko‘rindik, mag‘lubiyatga loyiq emasdik. Vaziyatlarimiz ko‘p bo‘ldi. Gol o‘tkazib yuborgach, o‘n daqiqacha o‘zimizni yo‘qotib qo‘ydik. Oxirgi daqiqalarda yana imkoniyatlarni qo‘ldan chiqardik. Gollandiya, Angliya yoki Belgiyada xorijdan hakam taklif etishganini ko‘rmaganman. Bu yerda chet eldan hakam taklif etishga sabab bo‘ladigan nimalar ro‘y berganini bilmayman. Buni yaxshilash yoki yomonlash niyatida emasman. Stadionda sharoit ajoyib, ammo maydon holati uning yaxshi bo‘lishiga halal bermoqda. O‘zbekistonning bo‘lajak yulduzlari bu yerda jarohat olishlari mumkin. Turg‘unboyev nega jarohat olganini bilmaymiz, balki maydon sabab bo‘lgandir. Shunchaki barchasini yaxshi holatga olib chiqish kerak.

Shota Arveladze, “Paxtakor” bosh murabbiyi

Ma’lumot uchun mazkur o‘yinda bahraynlik Navaf Shukrulla boshchiligidagi hakamlar guruhi ishladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2018, 00:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют