» » Samarqandda profilaktik hisobda turgan 536 bola uchun targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

Samarqandda profilaktik hisobda turgan 536 bola uchun targ‘ibot tadbiri tashkil etildi


Samarqand viloyat hokimligi voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyasi, Ichki ishlar boshqarmasi va qator hamkor tashkilotlar bilan xamkorlikda “Yoshlar tarbiyasi­ —­­ porloq kelajak mevasi” mavzuidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar berdi.

Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida 536 nafar voyaga yetmagan bola turli ko‘rinishdagi jinoyat va huquqbuzarliklarni sodir etgani uchun profilaktik hisobga olingan. Ularni to‘g‘ri yo‘lga, sog‘lom muhitga qaytarish maqsadida muntazam ravishda profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda.

24–26-iyul kunlari ichki ishlar organlarida profilaktik hisobda turgan voyaga yetmaganlar, kam ta’minlangan hamda notinch oilalarning 360 farzandi uchun Samarqand shahrining tarixiy obidalari, tabarruk qadamjolari, muzey va madaniyat maskanlari bo‘ylab sayohat uyushtirildi.

Tadbirlar yakunida namunali xulqi, odobi bilan boshqalardan ajralib turgan, turli tanlovlarda faol ishtirok etgan 93 o‘quvchiga tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliqlar topshirildi. Faxriy yorliq sohibi bo‘lgan bolalar Yoshlar ittifoqi kafilligi ostida ichki ishlar organlaridan profilaktik hisobdan chiqarildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2018, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют