» » Xonanda Rayhon: Farzandlarim ham o‘zbek tilida gapiradi. O‘zbek tilini o‘rganish niyatim bor

Xonanda Rayhon: Farzandlarim ham o‘zbek tilida gapiradi. O‘zbek tilini o‘rganish niyatim bor


20—24-fevral kunlari “Istiqlol” san’at saroyida navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim etadigan xonanda Rayhon o‘zbek tilini o‘rganish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda u jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

— O‘zbek tilida mukammal so‘zlasha olmasligingiz tufayli ko‘p bora tanqidga uchragansiz. E’tiborli tomoni, o‘zbek tilini yaxshi bilmasangiz ham, asosiy muxlislaringiz — o‘zbekzabonlar, rus tilini mukammal bilsangiz ham, bu tilda xit bo‘lgan qo‘shiqlaringiz juda kam. Bu holatni qanday izohlaysiz?
— O‘zbek tilini o‘rganish niyatim bor. Bog‘cha, maktab davrim rus tili muhitida o‘tgani uchun, uyda hamma o‘zbek tilida so‘zlashishiga qaramay, ona tilimni unutganman. Farzandlarim ham o‘zbek tilida gapiradi. Rus tilidagi qo‘shiqlarim kam. Rus tilida kam qo‘shiq aytgan bo‘lsam ham, ular mashhur bo‘lgan. Masalan, “Juravli” (“Turnalar”).

Mavzuga doir: Xonanda Rayhon: Oilam hazil-mutoyiba uchun mavzu bo‘lishini istamayman

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-02-2017, 00:22)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют