» » Krishtianu Ronaldu “Yuventus”da ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi (foto+video)

Krishtianu Ronaldu “Yuventus”da ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi (foto+video)


“Yuventus”ning yangi a’zosi Krishtianu Ronaldu ta’tildan qaytib, jamoasi mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Futbolchini klub bazasi atrofida 200 dan ortiq muxlislar kutib oldi.

“Yuventus” ayni damda AQShda Xalqaro chempionlar kubogida ishtirok etmoqda. Klubning Italiyadagi bazasida esa terma jamoasi bilan Jahon Chempionati pley-offida ishtirok etgan 6 nafar futbolchi yig‘ildi. Bular: Rodrigo Bentankur, Paulo Dibala, Xuan Kuadrado, Duglas Kosta, Gonsalo Iguain va Krishtianu Ronaldu.

Futbolchilar bir nechta tibbiy testlardan o‘tdi. “Yuventus” Allegri boshchiligida AQShda bo‘lib turgan vaqtda Ronaldu va uning sheriklari bosh murabbiy yordamchisi Aldo Dolchetti qo‘l ostida shug‘ullanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2018, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют