» » Krishtianu Ronaldu Buffon darvozasini ishg‘ol etib, YeChLda rekord o‘rnatdi

Krishtianu Ronaldu Buffon darvozasini ishg‘ol etib, YeChLda rekord o‘rnatdi


“Real Madrid” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevropa Chempionlar Ligasining chorak finali birinchi uchrashuvi doirasida Turinning “Yuventus” darvozasini ishg‘ol etdi va musobaqa rekordini o‘rnatdi.

Portugaliyalik futbolchi Chempionlar Ligasi tarixiga qatorasiga 10 o‘yinda gol urgan ilk futbolchi sifatida kirdi.

Avvalgi rekord “Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Rud van Nistelroyga tegishdi edi, u 2002/2003-yilgi mavsumda YeChLning qatorasiga 9 o‘yinida gol urgandi.

Ronalduning ushbu seriyasi musobaqaning o‘tgan yilgi finalidan beri davom etmoqda. Shuningdek, uning ushbu goli Ronalduning o‘zi uchun YeChLdagi eng tezkor goli bo‘ldi. Ronaldu shu vaqtga qadar musobaqa doirasida 3-daqiqada gol kiritmagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 01:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют