» » Xorazmda fuqaroning vafotidan 9 yil o‘tib uning o‘limi haqidagi hujjat yaqinlariga topshirildi 

Xorazmda fuqaroning vafotidan 9 yil o‘tib uning o‘limi haqidagi hujjat yaqinlariga topshirildi 


Xorazmda fuqaroning vafotidan 9 yil o‘tib uning o‘limi haqidagi hujjat yaqinlariga topshirildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

R.R. Xorazm viloyati Xonqa tumanida doimiy yashab kelgan. 2009-yili Rossiyaning Astraxan viloyati Narimanovskiy tumanida vafot etgan. Biroq Rossiyada ham, O‘zbekistonda ham o‘lim holati hujjatlarga qayd qilinmagan.

Minsk konvensiyasiga asosan, Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Rossiyadan R.R.ning o‘limi qayd etilmagani haqidagi ma’lumotnomani oldi.

Natijada 2018-yil 27-iyul kuni R.R.ning o‘limi qayd etildi va tegishli hujjatlar Davlat xizmatlari agentligi Xonqa tuman bo‘limi xodimlari tomonidan marhumning turmush o‘rtog‘iga topshirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2018, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют