» » O‘zbekiston Prezidentining ikki Davlat maslahatchisi o‘zgardi

O‘zbekiston Prezidentining ikki Davlat maslahatchisi o‘zgardi


Abdujabbor Abduvohidov O‘zbekiston Prezidentining fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda, hukumatdagi o‘z manbasiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Ushbu tayinlovga qadar Abdujabbor Abduvohidov 2018-yil fevralidan beri O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

U 2002—2011-yillarda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti rektori, 2011—2012-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori so‘ngra, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi rektori sifatida ishlagan.

Abduvohidov Davlat maslahatchisi lavozimida 2017-yil noyabridan buyon ishlab kelayotgan Rustam Qosimov o‘rnini egalladi. Ayni vaqtda, Rustam Qosimovning o‘zi Rustam Komilov o‘rniga Prezidentning boshqa — diniy ishlar bo‘yicha Davlat maslahatchisi etib tayinlandi (Komilov qaysi lavozimga tayinlangani hozircha noma’lum).

Bundan tashqari, Rustam Qosimov Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi rektori lavozimini ham saqlab qolgan. Bungacha u ikki bor bosh vazir o‘rinbosari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri (2005—2008, 2016—2017-yillarda), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori (2009—2011) bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют