» » Texas okeanariumidagi kichik akula bolalar aravachasida o‘g‘irlab ketildi (video)

Texas okeanariumidagi kichik akula bolalar aravachasida o‘g‘irlab ketildi (video)


AQShning Texas shtatidagi San-Antonio shahrida joylashgan okaenariumdan Miss Helen laqabli kichik akula o‘g‘irlab ketildi. O‘g‘rilar uni tutib, nam yoping‘ichga o‘ragan va suv to‘ldirilgan chelakka solgan. O‘z navbatida, chelak bolalar aravachasiga joylashtirilgan. Shundan so‘ng ular avtomobilda g‘oyib bo‘lgan. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Xabar berilishicha, o‘g‘rilikda ikki nafar erkak va bir ayol ishtirok etgan. O‘g‘irlangan jonivor shoxli akulalar turiga kiradi, uning uzunligi 40 santimetrni tashkil qiladi.

Hodisa 28-iyulda yuz bergan. Politsiya o‘g‘rilarni 30-iyulda qo‘lga olgan. Bunda kuzatuv kameralariga tushib qolgan jinoyatchilarning mashinasini tanib qolgan mahalliy aholi yordam bergan. Tasvirlar mahalloy OAVlarda namoyish etilgan.

Akula o‘g‘rilardan birining garajidan topilgan. Xabar qilinishicha, uning kolleksiyasida ko‘plab baliqlar va dengiz jonivorlari bo‘lgan.

Jinoyatda gumonlanayotganlardan biri qamoqqa olingan. Jinoyatchilar jarimaga tortilishi mumkin — akulaning narxi ikki ming dollarga baholanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2018, 06:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 36) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют