» » Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Ping Pong Global Limited kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Ping Pong Global Limited kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi


31-iyul kuni Adliya vazirligida vazir Ruslanbek Davletov va  vazirlik huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori Xalilillo To‘raxo‘jayev Ping Pong Global Limited kompaniyasi vakillari Jayn Siddxartxa va Vaxid Alimirzay bilan uchrashdi. Bu haqda adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mehmon Ping Pong Global Limited kompaniyasi faoliyati, kompaniyaning yigirma yildan buyon global savdo bilan shug‘ullanishi va quyidagi soha obyektlari qurilishiga investitsiya kiritishi to‘g‘risida ma’lumot berdi:

• Jamoat tashkilotlari va jamoat xizmatlari markazlari;

• Gospitallar/mehmonxonalar;

• Tijorat va turar joy loyihalari;

• Maktab va kollejlar.

Uchrashuv doirasida davlat xizmatlari markazlarini qurishning turli jihatlari muhokama etildi. Jumladan, sarmoyadorlar huquqlarining kafolatlari, davlat xizmatlari markazlari qurilishining taxminiy narxlari va harajatlari kabi savollar ko‘tarildi. Shundan so‘ng sarmoyadorlar O‘zbekistonda davlat xizmatlari markazlari qurilish obyektlariga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida investitsiya kiritishga tayyor ekanliklarini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2018, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют