» » O‘ktamjon Karimov Olmaliq shahri hokimi lavozimini egalladi

O‘ktamjon Karimov Olmaliq shahri hokimi lavozimini egalladi


Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Qibray tumani hokimi etib tayinlangan  Mira’zam Mirqosimov o‘rniga O‘ktamjon Karimov Olmaliq shahri hokimi lavozimini egalladi.

O‘ktamjon Karimov 1972-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1995-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bitirgan. 1995—2008-yillarda Farg‘ona viloyati “O‘zneftni qayta ishlash” birlashmasi iqtisodchisi, neftni qayta ishlash zavodi bo‘lim boshqaruvchisi, “O‘zneftni kayta ishlash” kompaniyasi bosh direktorining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

U 2017-yildan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ bosh direktorining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari va direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2018, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют