» » AQSh Xitoy mahsulotlariga 25 foizlik boj joriy qiladi

AQSh Xitoy mahsulotlariga 25 foizlik boj joriy qiladi


AQSh hukumati Xitoydan keladigan 200 milliard dollarlik xizmatlar va tovarlar importiga 25 foizlik boj joriy qilmoqchi. Bu haqda AQSh savdo vakili Robert Laytxayzer bergan ma’lumotga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Prezident 18-iyun kuni 10 foizlik soliqqa tortish uchun 200 milliard dollarlik tovarlar ro‘yxatini tuzishni topshirdi. Bu haftada esa prezident bojlarni 10 foizdan 25 foizga ko‘tarish masalasini ko‘rib chiqishni aytdi”, — deydi Laytxayzer.

AQSh hukumatidagi mansabdorlardan birining jurnalistlarga ma’lum qilishicha, qarorni muhokama qilish jarayoni boshlangan. U: “Qaror bo‘yicha eshituv o‘tkazish shu oydan kechikmaydi. Hozirda prezident Donald Tramp savdo vakiliga bojlarni 10 foizdan 25 foizga ko‘tarishni topshirgan”, — deya ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2018, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют