» » Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki hamda Davr Bank o‘rtasida kichik biznes ravnaqiga yo‘naltirilgan kredit liniyasi ochish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzoladi

Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki hamda Davr Bank o‘rtasida kichik biznes ravnaqiga yo‘naltirilgan kredit liniyasi ochish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzoladi


Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) prezidenti janob Suma Chakrabartining O‘zbekistonga tashrifi doirasida mazkur bank va Davr Bank o‘rtasida kredit liniya ajratish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va Davr Bank o‘rtasida o‘rnatilayotgan o‘zaro hamkorlik aloqalari Prezident tomonidan olib borilayotgan izchil islohatlar natijasida ro‘y berayotgan hodisa hisoblanib, kelajakda bank hamda uning mijozlari hisoblangan tadbirkorlar ravnaqiga o‘z xissasini qo‘shishini ko‘zda tutmoqda.

Bank bundan oldin ham xorijiy moliya institutlaridan foydalangan va foydalanib kelmoqda. Bank Osiyo taraqqiyot banki hamda Jahon bankining Halqaro rivojlanish assotsisiyasi tomonidan o‘rganib chiqilgan va ular bilan o‘zaro kelishuvga erishilgan. Buning natijasida Osiyo taraqqiyot banki va Jahon bankining Xalqaro rivojlanish assotsisiyasi bilan kredit liniyalarini ochish bo‘yicha shartnomalar imzolangan. Mazkur kredit liniyalari asosida, bank kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining investitson loyihalarini moliyalashtirib kelmoqda.

Bank faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri iqtisodiyotining real sektorini kreditlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashishdir. Shu maqsadda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining texnik va texnologik modernizatsiyalash bo‘yicha innovatsion loyihalarini moliyalashni amalga oshirib bormoqda.

Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bank faoliyatida alohida o‘rin tutadi. Bank mamlakat moliyaviy bozorini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shish bilan birga, o‘zining omonatchilari, mijozlari va aksiyadorlari manfaatlarini ham yuqori o‘ringa qo‘yadi.

Raqobatchilar orasida Bank o‘zini biznes bo‘yicha ishonchli hamkor sifatida namoyon etish bilan birga, mijozlari, omonatchilari hamda aksiyadorlarining manfaatlarini ham yuqori o‘ringa qo‘yib kelmoqda.

Bank Standart poor’s xalqaro reyting kompaniyasining “barqaror” reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lib, bank jamoasi yanada yuqori ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rib bormoqda.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2018, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют