» » Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 2018-yili O‘zbekistonda 15 ta loyihani amalga oshiradi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 2018-yili O‘zbekistonda 15 ta loyihani amalga oshiradi


Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonda 2018-yili 15 ta loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bank prezidenti Suma Chakrabarti Londonda o‘zbek delegatsiyasi bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi EADaily.

YeTTB rahbariga ko‘ra, qisqa muddat davomida tomonlar umumiy summasi 186 million dollardan oshadigan bir necha kelishuvni tayyorlash va imzolashga ulgurdi.

Ikki tomon hamkorligi yo‘nalishlari qatoridan kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, turizm, energiya tejash va qayta tiklanadigan energiya manbalari, transport va kommunal infrastruktura, kapital bozori va bank-moliya sohasini rivojlantirish o‘rin olgani qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil noyabr oyida Toshkentda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakolatxonasi o‘z ishini boshlagandi.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют