» » Sodiq Safoyev YeTTB vitse-prezidenti Filip Bennett bilan uchrashdi

Sodiq Safoyev YeTTB vitse-prezidenti Filip Bennett bilan uchrashdi


Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) birinchi vitse-prezidenti Filip Bennett boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev bilan uchrashuvda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mamlakatni har tomonlama rivojlantirish, aholi turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev hamda YeTTB prezidenti Suma Chakrabarti o‘rtasida shu yil mart oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv, shuningdek, O‘zbekiston hukumati bilan imzolangan anglashuv memorandumi doirasida erishilgan kelishuvlar qisqa muddatga mo‘ljallangan faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda muhim omil bo‘layotgani qayd etildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun kredit mablag‘larini ajratish ushbu sohadagi hamkorlikda asosiy o‘rin tutadi.

Tomonlar harakatlar strategiyasini amalga oshirishdagi hamkorlik istiqbollari, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish, investitsiyaviy muhitni yanada yaxshilash, jumladan, fond birjasini modernizatsiya qilish, qimmatli qog‘ozlar bozorini takomillashtirish kabi qator masalalar yuzasidan fikr almashdi.

YeTTB birinchi vitse-prezidenti Filip Bennett samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonda o‘zaro manfaatli va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish tarafdori ekanini ta’kidladi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki delegatsiyasi qator vazirlik va idoralarda ham uchrashuvlar o‘tkazdi.

Опубликовано: admin (7-11-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют