» » Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki: 2017-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi 5,4 foizni tashkil qiladi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki: 2017-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi 5,4 foizni tashkil qiladi


Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) O‘zbekistonda 2017-yilgi iqtisodiy o‘sish bo‘yicha prognozini 6,2 foizdan 5,4 foizgacha pasaytirdi. Bu haqda “YeTTB operatsiyalari mamlakatlarida mintaqaviy iqtisodiy istiqbollar” deb nomlangan noyabr hisobotida aytiladi, deb yozadi UzDaily.

Bank mutaxassislari ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2018-yilda 6,2 foizga o‘sadi, bu YeTTBning maydagi prognozidan 0,3 foizga kamroq demakdir.

YeTTB hisobotida aytilishicha, O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishiga barqaror ichki investitsiyalar va iqtisodiy islohotlarning asta-sekinlik bilan amalga oshirilishi imkoniyat yaratadi. Bank ta’kidlashicha, O‘zbekiston qo‘shni mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni yaxshilash hisobiga eksport hajmini oshiradi.

YeTTB Rossiya va Qozog‘istonda iqtisodiy istiqbollar yaxshilanganini qayd etdi, bu esa ushbu mamlakatlardan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari oqimini oshiradi.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 120) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют