» » Yaponiyalik mutaxassislar O‘zbekistonda telemeditsina tizimini keng tatbiq etishni taklif qildi

Yaponiyalik mutaxassislar O‘zbekistonda telemeditsina tizimini keng tatbiq etishni taklif qildi


Toshkentda o‘tkazilgan o‘zbek-yapon biznes forumi doirasida bir qator yaponiyalik mutaxassislar Innovatsion rivojlanish vazirligida bo‘ldi. Delegatsiya a’zolarini vazir Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi guruh qabul qildi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda “Yaponiya—O‘zbekiston Ipak yo‘li” jamg‘armasining tibbiyot va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha ishchi guruhi raisi, Sakura Global Holding kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Matsumoto Kenichi, Paramount Bed kompaniyasining xalqaro masalalar bo‘yicha vitse-prezidenti Nodzaki Akixiko, Keyo universiteti tibbiyot fakulteti professori Osamuro Yoshiyuki, shu universitetning sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot markazi professori Ishida Xiroyuki, Green Hospital Supply kompaniyasi vitse-prezidenti Kobayashi Xiroyuki, OMETA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Yano Mumorova ishtirok etdi.

Yaponiyalik delegatsiya a’zolari malakali shifokorlar yetishmayotgan ayni sharoitda O‘zbekistonda telemeditsina tizimini keng tatbiq qilish lozimligi haqida taklif berdi. Shuningdek, Yaponiya va O‘zbekistondagi tibbiy oliy ta’lim muassasalarining hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalasi ham muhokama qilindi. Tibbiyotga doir innovatsion texnologiyalarni joriy etish uchun venchur kompaniyalarini tuzishga doir hujjatlarni shakllantirishda yapon tomoni yordam berishga tayyor ekani aytildi.

Mehmonlarga vazirlikda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida xalqaro standartlardagi laborator va ilmiy-amaliy talablarga javob bera oladigan Molekulyar allergologiya xalqaro markazi tashkil etilayotgani, tez tibbiy yordam tizimini takomillashtirish choralari amalga oshirish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilayotgani haqida ma’lumot berildi.

Meditsina sohasiga innovatsion texnologiyalarni tatbiq qilish, shu sohada hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish uchun delegatsiya rahbari janob Matsumoto Kenichi tibbiyot va sog‘liqni saqlash sohasida Yaponiyada har oy o‘tkaziladigan ko‘rgazmalarga vazirlik xodimlarini taklif qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2018, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 37) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют