» » Turkiyada 100 dan ortiq odam halok bo‘lgan Anqaradagi teraktda ayblanayotgan 9 kishi umrbod qamoqqa mahkum etildi

Turkiyada 100 dan ortiq odam halok bo‘lgan Anqaradagi teraktda ayblanayotgan 9 kishi umrbod qamoqqa mahkum etildi


Turkiyada sud 2015-yil Anqarada sodir etilib, 100 dan ortiq kishining umriga zomin bo‘lgan portlash haqidagi ish bo‘yicha yo‘qqiz kishini umrbod qamoqqa hukm qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

2015-yil 10-oktabrda ikki nafar xudkush terrorchi tomonidan Anqara temir yo‘l vokzali yaqinida amalga oshirilgan portlashlar natijasida mitingning 102 nafar ishtirokchisi halok bo‘ldi. Namoyish 2015-yil iyulidan Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi bilan nizo qaytadan boshlangan mamlakat janubi-sharqidagi zo‘ravonlik avjiga qarshi o‘tkazilayotgan edi.

Poytaxt prokuraturasi bayonotiga ko‘ra, terakt IShID terrorchilik guruhining turk yacheykasi tomonidan tashkillashtirilgan. Avvalroq teraktni amalga oshirishda 36 kishi gumonlanayotgani xabar berilgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2018, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют