» » Chorvoqda uchqo‘rg‘onlik mast ayol Toshkentda yashaydigan tanishini pichoqladi

Chorvoqda uchqo‘rg‘onlik mast ayol Toshkentda yashaydigan tanishini pichoqladi


Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 4-avgust kuni pichoq bilan tan jarohati yetkazish jinoyati yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi Z.Ye. ismli ayol Chorvoqda Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida yashovchi tanishi N.A. bilan janjallashib qolgan.

IIV axborotida qayd etilishicha, janjal yuz bergan vaqtda Z.Ye. mast bo‘lgan. “U o‘z tanishiga pichoq bilan jarohat yetkazgan”, deyiladi vazirlik axborotida.

Pichoq urgan ayol qo‘lga olingan, jabrlanuvchi esa kasalxonaga yotqizilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2018, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют