» » Xitoyliklarning aqlbovar qilmas labirinti Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi (foto+video)

Xitoyliklarning aqlbovar qilmas labirinti Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi (foto+video)


Yancheng Dafeng Dream Maze labirinti Xitoyning Szyansu provinsiyasida joylashgan. Uning maydoni 35 ming kvadrat metrni, balandligi esa 2 metr atrofida, deb yozadi NationalGeographic.

Labirint sujetining bosh qahramoni David kiyiklari hisoblanadi. Uning suratlari labirint uchun ramz vazifasini bajaradi. Bu turdagi kiyiklar yer yuzida sanoqli qolgan. David kiyiklari populyatsiyasi juda sekinlik bilan rivojlanadi.

Labirint go‘zalligiga faqat qush parvozi balandligidan turibgina baho berish maqsadga muvofiq. Bu yerga 100 mingdan ortiq Xitoy qora archasi daraxti o‘tqazilgan.

Uni barpo qilish ishlari 2017-yil aprelida boshlangan. Sentabr oyida esa u ilk mehmonlarni qabul qilgan. Labirint go‘zalligi va ko‘lami sabab yaqindagina Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi. Yancheng Dafeng Dream Maze dunyodagi tabiiy bo‘lgan eng katta labirintdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2018, 06:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют