» » Indoneziyadagi zilzila qurbonlari soni o‘smoqda: 91 kishi halok bo‘ldi

Indoneziyadagi zilzila qurbonlari soni o‘smoqda: 91 kishi halok bo‘ldi


Indoneziyaning Lombok orolida zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 91 kishiga yetdi va yana oshishi mumkin, deb yozadi “Vesti.ru” Indoneziya Tabiiy ofatlarga qarshi kurashish milliy agentligiga tayanib.

Orol shimolidagi ofatdan yetgan zarar “salmoqli” deb baholanmoqda. Meteorologlar sunami yuzaga kelishi xavfidan ogohlantirmoqda.

Indoneziya prezidenti Joko Vidodo vazirlar mahkamasi, politsiya va harbiy xizmatchilarga qutqaruv operatsiyasini tezlashtirishni topshirdi.

5-avgust kuni Lombok orolida 6,6 magnitudali zilzila qayd etildi. Epitsentr Mataram shahridan 49 km shimoli-sharqda 10 km chuqurlikda joylashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2018, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют