» » Davlat soliq qo‘mitasi bojxona imtiyozlaridan foydalanilishini kameral nazorat qiladi

Davlat soliq qo‘mitasi bojxona imtiyozlaridan foydalanilishini kameral nazorat qiladi


“Berilgan bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanilishini kameral nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining o‘zaro hamkorligi mexanizmi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi o‘zining Telegram kanalida xabar bermoqda.

Nizomga muvofiq kameral nazorat soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilish asosida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, bojxona orqali o‘tayotgan tovarlar, yuk deklaratsiyalari, tovarlarni olib kirayotgan soliq to‘lovchilar to‘g‘risida Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi o‘zaro axborot almashishi belgilandi.

Bojxona imtiyozi berilgan soliq to‘lovchilar haqidagi ma’lumotlar onlayn tarzda Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etiladi.

Kameral nazorat har chorakda o‘tkazilib, uning natijalari yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.

Bundan tashqari, dalolatnomaning bir nusxasi shu kunning o‘zida soliq to‘lovchiga yuborilishi lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2018, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют