» » Surxondaryoda ichki ishlar tizimidagi 8 nafar rahbar ishdan olindi

Surxondaryoda ichki ishlar tizimidagi 8 nafar rahbar ishdan olindi


Prezident ko‘rsatmasiga muvofiq Bosh prokuror va Ichki ishlar vaziri tomonidan imzolangan qo‘shma farmoyishga asosan Ichki ishlar vaziri, general-mayor Po‘lat Bobojonov rahbarligida tekshiruv guruhi tashkil qilingan. Ayni paytda tekshiruv guruhi viloyatlarda o ‘rganish ishlarini olib bormoqda. Bu haqda IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Tekshiruv guruhining asosiy maqsadi ichki ishlar organlari faoliyatiga baho berish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarning tub sabablarini o‘rganishdan iboratdir.

Ichki ishlar vaziri, general-mayor Po‘lat Bobojonov rahbarligidagi ishchi guruh Surxondaryoning Uzun, Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on, Angor tumanlari IIBlarida bo‘ldi. Bo‘limlarning har birida Po‘lat Bobojonov rahbarligida tezkor yig‘ilishlar o‘tkazildi.

Vazir Jarqo‘rg‘on tumanidagi IIV Surxondaryo akademik litseyida bo‘lib, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. So‘ng ishchi guruh Jarqo‘rg‘on IIB qo‘riqlash bo‘limi hamda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi faoliyati bilan tanishdi.

2-avgust kuni viloyat IIBda Po‘lat Bobojonov boshchiligida tekshiruv yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Prezidenti devoni, Bosh prokuratura, viloyat hokimligi va ichki ishlar organlari xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda viloyat bo‘yicha umumiy jinoyatlar 567 taga yoki 36,1 foizga, jinoyat-qidiruv sohasidagi jinoyatlar 388 taga yoki 35,1 foizga kamaygani qayd etildi.

Shuningdek, viloyat hududida jami 614 ta Jamoatchilik nazorati maskanlari tashkil etilgani va aholi gavjum bo‘ladigan 3688 ta obyektga videokuzatuv moslamalari o‘rnatilgani ta’kidlandi.

Termiz va Sherobod tumanlarida iyun oyida jinoyat-qidiruv yo‘nalishi bo‘yicha sodir etilgan jinoyatlar soni keskin oshgani aytildi. Xususan, Termiz tumanida 2018-yilning olti oyida sodir etilgan jinoyatlarning 18 tasi yoki 44 foizi iyun oyida qayd etilgani ma’lum qilindi.

Viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i, Termiz shahar va Sherobod tuman IIB boshliqlari hamda ularning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Boysun tuman IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Uzun va Termiz tumanlari IIB boshliqlarining kadrlar bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimidan ozod etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2018, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 39) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют