» » O‘zbekistonda 7—9-avgust kunlari “Yosh kitobxon” tanlovining mahalliy bosqichlari o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 7—9-avgust kunlari “Yosh kitobxon” tanlovining mahalliy bosqichlari o‘tkaziladi


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi va qator tashkilotlar hamkorligida 12-14 iyul kunlari shahar va tumanlarda “Yosh kitobxon” tanlovning saralash bosqichlari o‘tkazilgan edi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Tanlovning test shaklida o‘tgan saralash bosqichlarida 3 ta yosh toifasi — 10-14, 15-19, 20-30 yosh toifalari bo‘yicha jami 5055 nafar ishtirokchi 86 va undan yuqori ball to‘plab, ikkinchi, ya’ni tuman (shahar) bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Joriy yilning 7—9-avgust kunlari barcha hududlarda “Yosh kitobxon” tanlovining mahalliy bosqichlari o‘tkaziladi. Unda tuman (shahar)lar miqyosida saralash bosqichida 86 va undan yuqori ballni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar “O‘zbek adabiyoti bilimdoni” hamda “Jahon adabiyoti bilimdoni” shartlari bo‘yicha bellashadi.

Har bir yosh toifasi bo‘yicha yuqori ball to‘plab, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bir nafardan ishtirokchi tanlovning hududiy bosqichiga yo‘llanma oladi. Tanlovning shaffof, belgilangan mezonlar asosida o‘tishi uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2018, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют