» » O‘zbekistonda “Yosh kitobxon” tanlovining ikkinchi mavsumi boshlandi

O‘zbekistonda “Yosh kitobxon” tanlovining ikkinchi mavsumi boshlandi


O‘zbekistonda “Yosh kitobxon” tanlovining ikkinchi mavsumi boshlandi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

12-iyul kuni soat 07:00da barcha shahar-tumanlarda tanlov o‘tkazish uchun shay etib qo‘yilgan auditoriyalarga elektron test dasturlari yetkazildi. Dastur paroli muhrlangan. Konvert kuzatuvchilar, mahalliy tashkiliy qo‘mita a’zolari va OAV vakillari ishtirokida ochildi va soat 08:00ga qadar auditoriyadagi barcha kompyuterlarga o‘rnatildi.

Test sinovlari soat 9:00 da belgilangan auditoriyada boshlandi. Sinovlar tanlov ishtirokchilari sonidan kelib chiqib, soat 18:00 gacha davom etishi mumkin.

Tanlov ishtirokchilari o‘z xohishiga ko‘ra o‘zbek yoki rus tilida test sinovlaridan o‘tishlari mumkin.

“Yosh kitobxon” tanlovining 3 yosh toifasi bo‘yicha saralash bosqichlari shu tartibda ketma-ket uch kun o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, bu yil ushbu tanlovda qatnashish uchun 720 ming yosh murojaat etdi. O‘tgan yili ularning soni 250 ming kishini tashkil etgan va g‘oliblar Prezident sovg‘asi — yengil avtomashinaga ega bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2018, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют