» » “Yosh kitobxon” tanlovi davomli ravishda o‘tkaziladigan bo‘ldi

“Yosh kitobxon” tanlovi davomli ravishda o‘tkaziladigan bo‘ldi


“Yosh kitobxon” tanlovi endilikda Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqiladigan nizom asosida davomli ravishda o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlar ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, “Yosh kitobxon” tanlovi endilikda Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqiladigan nizom asosida davomli ravishda o‘tkaziladi.

Nizomda:

alohida nominatsiyalar bo‘yicha tanlovlar tashkil etish;

2018-yilgi tanlovlarni Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammad Rizo Ogahiy, Berdaq singari mutafakkirlar ijodi va faoliyati, jahon adabiyotining durdona asarlari, shuningdek, “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Kuntug‘mish” kabi xalq dostonlari bo‘yicha o‘tkazish;

keyingi tanlovlarni davrlashtirgan holda davom ettirish uchun tegishli ro‘yxatlarni shakllantirish;

tanlov g‘oliblarini mukofotlash va rag‘batlantirishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish, xususan, respublika bosqichida birinchi o‘rinni egallagan qatnashchilarni yengil avtomobillar bilan taqdirlash, ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblari va faol ishtirokchilarni ham munosib rag‘batlantirish choralari nazarda tutiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют