» » Yoshlar ittifoqining “Yosh kitobxon” tanlovini doimiy tashkil etish yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Yoshlar ittifoqining “Yosh kitobxon” tanlovini doimiy tashkil etish yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi


Milliy matbuot markazida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining “Yosh kitobxon” tanlovini doimiy tashkil etish yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA.

Tanlovni tashkil etishdan asosiy maqsad, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish, qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, intellektual salohiyati va ma’naviy saviyasini yuksaltirishdan iborat.

Joriy yilgi tanlovda ishtirok etishni xohlovchi yoshlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari yoki mahalliy kengashlariga murojaat qilib, o‘zi haqidagi tegishli ma’lumotlarni berishi mumkin. Unda yoshlar o‘zlari yashayotgan yoki o‘qiyotgan (ishlayotgan) muassasasi joylashgan hududdan ishtirok etadi.

Bu yilgi tanlovda kitobxonlar uchta yosh toifasi bo‘yicha — 10 yoshdan 14 yoshgacha, 15 yoshdan 19 yoshgacha, 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan alohida tartibda bellashadi.

O‘tgan mavsumda 720 mingdan ortiq yosh ushbu tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan.

Bu yilda o‘tkaziladigan tanlov davomida allomalar merosini chuqur o‘rganish maqsadida alohida nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi. Tanlovni Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammad Rizo Ogahiy, Berdaq singari buyuk mutafakkirlar ijodi va faoliyati, jahon adabiyotining durdona asarlari, shuningdek, “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Kuntug‘mish” kabi xalq dostonlari bo‘yicha o‘tkazish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2018, 22:13)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют