» » O‘zbekistonda Qur’on musobaqasidan so‘ng Hadis musobaqasi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda Qur’on musobaqasidan so‘ng Hadis musobaqasi o‘tkaziladi


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda 2018-yilning may oyi davomida “Hadislar bilimdoni” ko‘rik-tanlovini o‘tkazadi. Bu haqda diniy idoraning Toshkent shahar vakilligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tanlovning asosiy maqsadi — islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib beradigan, insonlarni ezgulik, mehr-oqibat va hamjihatlik yo‘lida birlashishga da’vat etadigan g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan hadislarni yoshlarning barcha qatlamlarida keng targ‘ib qilishdan iborat.

Tanlovda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalari talabalari, yosh imom-xatiblar hamda hadis ilmiga qiziqishi bo‘lgan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan fuqarolar 2018-yilning 26-aprel kuniga qadar O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi qoziyoti, Toshkent shahri va viloyatlar vakilliklarida ro‘yxatga olinadi.

Tanlovning birinchi bosqichi 2018-yilning 1—5-may kunlari davomida viloyatlar kesimida o‘tkaziladi.

Tanlovda diniy ta’lim muassasalari talabalari, yosh imom-xatiblar hamda hadis ilmiga qiziqishi bo‘lgan kamida 40 ta hadisni (arabcha matni bilan) yoddan bilgan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ishtirok etishlari mumkin. Tanlov uchta shartdan iborat:

Ishtirokchilardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

Tanlovning Respublika bosqichini o‘tkazish vaqti qo‘shimcha e’lon qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют