» » Oybek Kapadze va Ra’no Shodiyeva PROlogue – 2017 saralanuvchilarining kamchiliklari haqida gapirdi

Oybek Kapadze va Ra’no Shodiyeva PROlogue – 2017 saralanuvchilarining kamchiliklari haqida gapirdi


27–30-noyabr kunlari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, Yosh kinoijodkorlar kengashi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan PROlogue — yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar III Respublika festivali tashkil etilmoqda.

Festival doirasidagi tadbirlar haqida OAV vakillariga to‘liq ma’lumot berish maqsadida 24-noyabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Yoshlar press-klubi zalida matbuot anjumani tashkil etildi. Matbuot anjumanida jurnalist Feruz Muhammad ham ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida “O‘zbekkino” bosh direktori Furqat Zokirov, Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Kamoliddin Beknazarov, Yosh kinoijodkorlar kengashi raisi Oybek Abdushukurov, kinoshunos Oybek Kapadze, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan aktrisa Ra’no Shodiyeva ishtirok etib, festivalning ahamiyati, saralangan filmlar badiiy saviyasi haqida gapirdi.

Jumladan, Oybek Kapadze, Ra’no Shodiyeva bu yilgi PROlogue uchun tanlab olingan filmlar orasida xalqaro festivallarda ham ishtirok etishga munosiblari borligini aytdi. Shuningdek, ba’zi kinoijodkorlarning o‘ta saviyasiz filmlarni ham festival saralash komissiyasiga taqdim etganini ham aytib o‘tdi hamda yoshlarga kino asarlarini topshirishdan avval badiiy rahbarlar bilan ishlash kerakligini maslahat berdi.

Saralash komissiyasi a’zosi Ra’no Shodiyevaga PROlogue’da ilk marta joriy qilingan “Eng yaxshi aktyor”, “Eng yaxshi aktrisa” nomiga munosiblar talaygina ekanligini, yosh iqtidor egalarini kashf qilishdan qo‘rqmaslik lozimligi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Matbuot anjumanida bu yilgi festivalning ilk bor Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilayotgani ham ta’kidlandi.

Bugungi kunda xorijiy mamlakatda istiqomat qiluvchi o‘zbekistonlik taniqli rejissor Ali Hamroyev matbuot anjumanida shunday dedi:

“Yoshlar, siz agar 30 dan oshgan bo‘lsangiz, o‘zingizni yoshman demang, yosh rejissor bu menimcha 20-22 yosh. Shuning uchun yoshman deb o‘tirmasdan, tezroq eng yaxshi asarlaringizni yaratishga kirishing”.

Yosh kinoijodkorlar kengashi raisi Oybek Abdushukurov Ali Hamrayevga javoban quyidagi fikrni bildirib o‘tdi:

“Haqiqatan ham, biz bugungacha sevib tomosha qiladigan ‘Mahallada duv-duv’ kabi filmlarimizni ustoz san’atkorlarimiz 30 yoshgacha bo‘lgan davrlarida suratga olgan. Demak, bugungi yosh kinoijodkorlarimiz ham tezroq o‘z ustilarida ishlab, yaxshi kinoasarlarini yaratishlari zarur”.

Matbuot anjumanida OAV vakillari dastur doirasida barcha savollariga javob oldi.

Опубликовано: admin (26-11-2017, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют