» » Toshkentda Xitoy kinosi kunlari festivali o‘tkaziladi

Toshkentda Xitoy kinosi kunlari festivali o‘tkaziladi


“O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov 22-sentabr kuni Xitoy elchisi Sun Litszeni qabul qildi. Agentlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda o‘zbek va xitoylik kinoustalarining o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish, hamkorlikda filmlar suratga olish kabi amaliy ishlar muhokama qilindi.

Tomonlar yaqin orada Toshkent shahrida o‘tkazilishi kutilayotgan “Xitoy kinosi kunlari” festivali haqida ham suhbat qurdi. “O‘zbekkino” milliy agentligi ushbu tadbirni yuqori saviyada tashkil etilishida yaqindan ko‘maklashadi.

Furqat Zokirov elchi bilan suhbatda hozirda o‘zbek kinosini rivojlantirish, tizimni isloh qilish yo‘lida katta ishlar amalga oshirilayotgani, tegishli qarorlar qabul qilinganini qayd etdi. Shuningdek, u Xitoy kinoindustriyasining bugungi yutuqlarini qayd etib, “O‘zbekkino” bu borada tajriba almashishdan manfaatdor ekanligini aytib o‘tdi.

Elchi ham Xitoy tomoni madaniyat, xususan, kino sohasidagi hamkorlikka doim tayyor ekanini ma’lum qildi. Elchi o‘zbek kinosining boy tarixga ega ekanini ta’kidlab, “Mahallada duv-duv gap”, “Sen yetim emassan” kabi filmlarni ko‘rganini yod oldi va ularni nodir kinoasarlar deb atadi.

Sun Litsze “O‘zbekkino” mutasaddilarini Xitoyda o‘tadigan xalqaro kinofestivalda ishtirok etish uchun taklif qildi. “O‘zbekkino”ning Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Asya Batrayeva esa dekabr oyida o‘tadigan “PROlogue” yosh kinoijodkorlarning qisqa metrajli filmlari III Respublika festivalida Xitoy kinolarini ishtirok etishga taklif qildi.

Uchrashuv yakunida “O‘zbekkino” rahbari mehmonga esdalik sovg‘sini topshirdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-09-2017, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 12) ( 0) ( 12) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют