» » Xitoy kinokompaniyalari rahbarlari O‘zbekistonga keladi

Xitoy kinokompaniyalari rahbarlari O‘zbekistonga keladi


“O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev Xitoy elchisi Sun Litsze bilan uchrashdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda kinematografiya sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan eng sara filmlarni Xitoy hududida, xitoylik kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan filmlarni O‘zbekistonda namoyishlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston kinematograflarining Xitoydagi yirik kinofestivallarda, jumladan, Shanxay xalqaro kinofestivali va Fudjo shahrida o‘tkaziladigan Ipak yo‘li xalqaro kinofestivalida ishtirok etishi masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, aprel oyining boshida Xitoy kinokompaniyalari rahbarlaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifiga doir tashkiliy ishlar kelishib olindi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-03-2017, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют