» » Akademik litseylarga o‘qituvchilar test va suhbatdan o‘tkazilib ishga olinadi

Akademik litseylarga o‘qituvchilar test va suhbatdan o‘tkazilib ishga olinadi


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarori bilan “Akademik litseylarga o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomi tasdiqlandi. Bu haqda Uz24 xabar bermoqda.

Nizomning umumiy qoidalariga ko‘ra, tanlovda oliy ma’lumotli va kamida besh yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar ishtirok etadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlardan quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:

Tanlov ikki bosqichda — test va suhbat shaklida o‘tkaziladi.

Test savollari tanlov o‘tkazilayotgan o‘qituvchi lavozimi mutaxassisligi bo‘yicha tuziladi.

Tanlov o‘tkazilayotgan auditoriyaga mikrokalkulyator, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi. Nomzodga test topshiriqlarini bajarish uchun 40 ta test savoli beriladi. Savollarni yechish uchun ikki soat vaqt beriladi.

Test sinovlari natijalariga ko‘ra 55 balldan yuqori ball to‘plagan nomzodlar test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi va ular tanlovning keyingi bosqichiga qo‘yiladi.

Keyingi bosqich — suhbat.

Suhbat tanlov o‘tkazilayotgan o‘qituvchi lavozimining mutaxassisligi va pedagogika bo‘yicha savol-javob shaklida o‘tkaziladi. Bunda savollar biletida beshta savol beriladi.

Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan (o‘rtacha arifmetik balli “60” va undan yuqori bo‘lgan) nomzodlar komissiya qaroriga asosan tanlovdan o‘tgan hisoblanadi va akademik litseyning o‘qituvchisi lavozimiga tavsiya etiladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-08-2017, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют