» » Alisher Usmonov “Arsenal”dagi ulushini sotib yubordi

Alisher Usmonov “Arsenal”dagi ulushini sotib yubordi


Rossiyalik biznesmen Alisher Usmonov Londonning “Arsenal” klubidagi o‘ziga tegishli bo‘lgan 30 foiz aksiyasini sotdi, deb xabar beradi Financial Times.

Usmonov London klubidagi ulushini jamoaning asosiy aksioneri bo‘lgan Sten Kronkega 550 million funt sterling (713 million dollar) evaziga sotgan. Bu orqali ikki milliarder o‘rtasidagi ko‘p yillik ziddiyat yakunlandi.

Avvalroq milliarder Usmonov klubning boshqaruv paketini jamoaning asosiy egasi bo‘lgan Sten Kronkedan sotib olishni xohlayotgani ma’lum bo‘lgandi. Ammo Kronke “Arsenal”ning o‘zida bo‘lgan 67 foiz aksiyasini sotishdan bosh tortgan va tomonlar kelishuvga erisha olmagan.

Qayd etilishicha, Usmonov Kronkening ulushi uchun 1,3 milliard dollar taklif etgan , ammo rad javobini olgan. Shu boisdan Alisher Usmonov jamoadagi ulushini sotib yubordi.

Ma’lumot uchun rossiyalik milliarder ilk bor “Arsenal” aksiyalarini 2007-yilda sotib olgan. 2016-yilga kelib esa klubdagi o‘z ulushini 30 foizga yetkazgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2018, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 75) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют