» » Osiyo o‘yinlari—2018. O‘zbekistonlik sportchilar uchun yangi epikirovkalar taqdim etildi (fotogalereya)

Osiyo o‘yinlari—2018. O‘zbekistonlik sportchilar uchun yangi epikirovkalar taqdim etildi (fotogalereya)


Bugun, 7-avgust sanasida Milliy olimpiya qo‘mitasida 18-avgustda 2-sentabrga qadar Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shaharlarida bo‘lib o‘tadigan yozgi Osiyo o‘yinlariga yo‘l olayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, sportchilar va OAV vakillari ishtirok etdi.

Aziz Abduhakimov marosimda nutq so‘zlab, sportchilarga omad tiladi va Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston bayroqdori bo‘ladigan Isroil Madrimov davlat ramzini topshirdi.

Marosim so‘ngida o‘zbekistonlik sportchilar uchun yangi ekipirovkalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Yangi ekipirovkalar Xitoyning QIERTE Co. Ltd kompaniyasi tomonidan Pres-Jog brendi bilan taqdim etilgan.

Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini 30 ta sport turida 232 nafar sportchi himoya qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2018, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют