» » Toshkent Vestminster universiteti talabasi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari v. b. etib tayinlandi

Toshkent Vestminster universiteti talabasi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari v. b. etib tayinlandi


Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Saidakbarxon Akbarov Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.

U ushbu lavozimga 29-iyun kuni Olmazor tumanida bo‘lib o‘tgan majlisda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan nomzod sifatida taklif etilgandi. Saidakbarxon o‘shanda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha qator amaliy takliflar bildirgan.

Saidakbarxon Akbarov hozirda Toshkent xalqaro Vestminster universitetining biznes boshqaruvi fakultetida to‘rtinchi kurs talabasi. Yosh ekanligiga qaramay, ta’lim va kasbiy rivojlanish sohasidagi tadbirkorlik faoliyati tajribasiga ega, Yoshlar Ittifoqining “Yosh tadbirkorlar” loyihasi a’zosi.

2013-yildan 2018-yilgacha ta’lim markazlari tarmog‘ini boshqargan. Shuningdek, Islom taraqqiyot banki fondi investitsiya jalb qilish tanlovida o‘zining onlayn ta’lim dasturi bilan ishtirok etgan.

Saidakbarxon Akbarov qo‘mitada yoshlar turizmini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalar, smart turizmni joriy etish, shuningdek, ta’lim xizmatlarini takomillashtirish bilan shug‘ullanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2018, 13:57)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют