» » O‘zbekistonda 10-avgust kuni kutilayotgan ob-havo

O‘zbekistonda 10-avgust kuni kutilayotgan ob-havo


Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 10-avgust kuni mamlakatda havo biroz bulutli bo‘ladi, deb yozadi O‘zA.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3—8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22—24, kunduzi 37—39 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 18—23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20—25, kunduzi 33—38 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 21—26, kunduzi 35—40, cho‘l hududlarida 42 darajagacha issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20—25, kunduzi 35—40 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22—27, kunduzi 37—42 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 5—10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20—25, kunduzi 33—35 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15—20, kunduzi 27—32 daraja issiq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2018, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют